Gruziya poytaxti Tbilisida katta yong‘in yuz berdi
- 16.06.2020 21:00
- 89
- Xorij
Tbilisida joylashgan oziq-ovqat va buyum bozorida vujudga kelgan yong‘in to‘rt ming kvadrat metr maydonni egalladi. Bu haqda Tbilisi yong‘in-qutqaruv xizmati rahbari Otar Kereselidze jurnalistlarga ma’lum qildi.
Yong‘in 15 iyun kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Alangani bartaraf etishda 130 ga yaqin o‘t uchuruvchi qatnashdi, mamlakat IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
“Yong‘in to‘laligicha bartaraf etildi, to‘rt ming kvadrat metrga yaqin maydondagi do‘kon va omborlar yonib ketdi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uch nafar o‘t uchirish avtomobili navbatchilik qilmoqda”, deya ta’kidladi Kereselidze.
Teglar:
Gruziya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Oilaviy drama": qarz, qamoq va yarashuv
- Kecha, 15:57
- Jamiyat
120 yillik tarix va fidoyi mehnat e’tirof etildi
- Kecha, 15:44
- Jamiyat