HAMAS G‘azo ustidan nazoratni tikladi. Vashington muhojirlar farzandlariga fuqarolik berishni to‘xtatdi. Tarixda birinchi marta ayol kishi Vatikan gubernatori bo‘ldi

🔹 Isroil qo‘shinlari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida chekinganidan so‘ng HAMAS G‘azo sektori ustidan nazoratni tikladi. G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarning ikkinchi guruhi 25 yanvar kuni falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborish evaziga ozod qilinadi.
🔹 Xitoy Rossiya bilan birgalikda tashqi noaniqliklarga qarshi turishga tayyor. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ma’lum qiladi.
🔹 Tramp ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi kunidayoq yuzlab farmon imzoladi. Jumladan, AQSh boshqa mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan taraqqiyot yordamining samaradorligi va Vashington siyosatiga muvofiqligini tahlil qilish uchun 90 kunga to‘xtatib qo‘ymoqda. Shuningdek, Tramp noqonuniy immigratsiya o‘sishi munosabati bilan AQSh chegaralarida favqulodda holat e’lon qilib, AQSh tuprog‘ida tug‘ilgan muhojirlarning farzandlariga AQSh fuqaroligini berishni to‘xtatdi. Energiya bo‘yicha - resurs qazib olishga qo‘yilgan barcha taqiqlar bekor qilindi.
🔹 Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro respublika shimolidagi qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
🔹 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron milliy armiyani kuchaytirish uchun ko‘proq yosh ko‘ngillilarni jalb qilish tashabbusini ilgari surmoqda.
🔹 Tarixda birinchi marta rohiba Rohiba Raffayella Vatikan gubernatori etib tayinlanadi.
🔹Isroil samolyotlari G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahrida joylashgan Falastin qochqinlar lageriga havo hujumlarini uyushtirmoqda.
🔹Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlar yuzasidan muzokaralarga tayyor, ammo o‘z manfaatlarini himoya qiladi — Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.