Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Harbiylar nazariy bilimini amaliyotda mustahkamladi

Markaziy harbiy okrug Kattaqo‘rg‘on temiryo‘l bekatida harbiy yuklar va texnikalarni temiryo‘l vagonlariga yuklash va tushirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda Kattaqo‘rg‘on va Navoiy garnizoni harbiy xizmatchilari bu boradigi nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamladi. Askarlarga qurol-aslaha, harbiy texnika va jangovar mashinalarni temiryo‘l orqali belgilangan hududga yetkazish, harakat davomida texnikalarni qo‘riqlashda jangovar shaylikni oshirish yuzasidan keng tushunchalar berildi.

Shuningdek, qo‘riqlash guruhi maxsus vagonda xizmatni olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.