"Hashar week 2020 – Z Avlod" loyihasi faollari Samarqandga keldi
"Hashar week 2020 – Z Avlod" loyihasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini, sohaga bo‘lgan bo‘lgan qiziqishlarini, mas’uliyati va burchini oshirishga qaratilgan loyihalardan biri hisoblanadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad - bu o‘quvchilarning ekologiya bilan bog‘liq muammolar mohiyatini anglab yetishi, ularning fikrlari bilan o‘rtoqlashish, ekologik masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etishi uchun yetarli imkoniyat yaratishdan iborat.
Muhimi, loyiha davomida umumta’lim maktablari o‘quvchilarida chiqindilarni saralash ko‘nikmasini shakllantirishdir.
Shu munosabat bilan joriy yilning 12 fevra kuni viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat halq ta’limi boshqarmasi hamda "Hashar week 2020 – Z Avlod" loyihasi respublika ko‘ngillilar guruhi ishtirokida Samarqand shahrida joylashgan 58-45-69 va 76-umumta’lim maktablarida ekodarslar tashkil etildi.
Tadbirga maktablarning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari qamrab olindi. Seminar-trening tarzida o‘tkazilgan ekodarslarda o‘quvchilarga ekologik madaniyat va atrof-muhit muhofazasi yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida, o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, ularning chiqindilarni saralash, qayta ishlash, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik borasida bilim va ko‘nikmalari boyitildi.
Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.