Hozir: Samarqandda Shaharsozlik kengashi quruvchilarning loyihalarini muhokama qildi

Samarqand viloyat qurilish boshqarmasida Samarqand shahrida qurilgan va qurilayotgan binolar loyihalarini YuNESKOning butunjahon merosiga kiritilgan shaharlar hamda «Shaharsozlik kodeksi» talablariga javob beradigan tarzda amalga oshirilishini ta’minlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Shaharsozlik kengashi a’zolari - Samarqand viloyat va shahar hokimligining qurilish, arxitektura ishlari bo‘yicha rahbar va mutaxassislari, Toshkent va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari professor-o‘qituvchilari, Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi mutaxassislari shahar hududida tadbirkor quruvchilar tomonidan qurilayotgan 141 ta bino, ko‘p qavatli inshootlar, turarjoy va noturarjoy binolari va boshqa xususiy mulk ob’yektlarini shaharsozlik me’yor va qoidalariga mos, tashqi ko‘rinish va qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilgan holda bunyod etishlari bo‘yicha maslahat berdi. Ayrim loyihalar kengash a’zolari tomonidan keng muhokama qilindi.

 

Saytimizni kuzatib boring. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.