Netanyaxuga qarshi namoyishlar avj olmoqda
- 27.12.2020 20:17
- 59
- Xorij
Isroil poytaxtida mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi navbatdagi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Netanyaxuga qarshi norozilik namoyishlari yozdan berib to‘xtagani yo‘q. Muxolifat uni korrupsiya va koronavirus pandemiyasiga nisbatan nojo‘ya reaksiyada ayblamoqda.
26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan namoyish parlament tarqatib yuborilgandan so‘ng va kelgusi yilning mart oyiga (oxirgi to‘rt yil ichida to‘rtinchi bor) saylov tayinlangach, birinchi bor o‘tkazildi.
Isroilning hozirgi kaolitsion hukumati 500 kundan ortiq davom etgan siyosiy inqirozdan so‘ng may oyida tuzilgan edi. Ammo koalitsiya bo‘yicha sheriklari – Netanyaxuning «Likud» va Bosh shtabning sobiq rahbari Benni Gansning «Kaxol-Lavan» partiyasi - o‘zaro ishonchsizlikni bartaraf eta olishmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa