“Ilk marta raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman, deya olmayman”: Predrag Rogan “Dinamo” - “Navbahor” o‘yinida nimadan norozi bo‘lganini ma’lum qildi

Kecha Superliganing 8-turi doirasida “Dinamo” o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi.

Jangovar ruhda kechgan bahsda Predrag Rogan shogirdlari Samvel Babayan jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida “Navbahor” klubi futbolchisi Rustam Ashurmatov namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

O‘yin tugagach, serbiyalik mutaxassis matbuot anjumanida bahs haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Ilk marta raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman, deya olmayman. Ko‘rdingiz, bu o‘yin 11 kishiga qarshi 11 kishi bo‘lmadi. Raqib feyr-pleyga amal qilmadi. Bu sport, uni hurmat qilish kerak, raqibni hurmat qilish kerak. Ular bir necha marta sportga zid harakat qilishdi. Bu mening o‘yin borasidagi bor fikrim, uzr”, - deya matbuot anjumanidagi fikrini yakunladi “Dinamo” bosh murabbiyi.

Kechagi futbol bahsidan keyin “Navbahor” klubi turnir jadvalida 16 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga olgan bo‘lsa, 11-o‘rinda borayotgan “Dinamo” bir pog‘ona pastladi.