Ilm-fanni lol qoldirgan egizaklar
Odatda egizaklar bir-biriga juda o‘xshaydi, ko‘pincha faqat ona ularni ajrata oladi, shuning uchun odamlar chalkashib ketmaslik uchun ularni farq qiladigan yagona narsa - ismi bilan ajratib chaqirishadi... Ammo egizaklarning ajoyib o‘xshashligi bu noyob odamlar ega bo‘lgan xususiyatlar ro‘yxatini tugatibgina qo‘ymaydi.
Masalan, bolalikdan ular faqat o‘zlari tushunadigan tilga ega. Yana bir egizak esa boshqasini... bag‘riga bosish bilan davolay oladi.
ADME egizaklar to‘g‘risidagi tasdiqlangan ilmiy faktlar jamlanmasini tuzdi. Bu qobiliyatlar, shubhasiz, ko‘p narsani biladiganlarni ham hayratda qoldiradi.
• Egizaklarning ko‘pincha faqat bolaligida o‘z maxsus tili bo‘ladi. Ushbu aloqa tizimining ilmiy atamasi “kriptofaziya” deyiladi. Bunday “yolg‘ondakam til" nafaqat so‘zlar yoki iboralar, balki imo-ishoralar, yuz ifodalari va individual tovushlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘pincha “xabar”ni faqat egizaklarning o‘zlari isloh qilishlari mumkin. Kriptofaziyaning asosi bolalar tomonidan ota-onalardan eshitiladigan so‘zlarning buzilib ishlatilishi, degan fikrlar ham yo‘q emas.
• 1980 yillarda Rossiyaning Cherepoves shahrida ommaviy egizaklar tug‘ilishi kuzatilgan edi. Ba’zi bolalar bog‘chalarida hatto faqat egizaklar qabul qilinadigan maxsus guruhlar ochildi. Hozirgacha ushbu hodisaning sabablariga oydinlik kiritilmagan.
Britaniyalik shifokorlar egiz chaqaloqlarning aksariyati Nigeriyada tug‘ilishini aniqlashdi. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismi bu bilan mashhur, u yerdagi har ming tug‘ilishga 50 juft egizak to‘g‘ri keladi.
• Xitoyda esa bunday bolalarning soni juda kam. Nega? Ilm-fan bu borada hyech qanaqa ma’lumot bermaydi. Maxsus ovqatlanish, atrof-muhitning ifloslanishi, irqiy farqlanish va boshqa omillar haqidagi barcha nazariyalar isbotlanmagan va rad etilmagan.
• Braziliyaning Kandido-Godoy munisipaliteti egizaklarning jahon poytaxti hisoblanadi. Bu yerda har o‘ninchi homilador ayol egiz farzandlarni dunyoga keltiradi. Shu bilan birga, Braziliyaning qolgan qismida, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy sonidagi egizaklarning ulushi atigi 1 foizini tashkil qiladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.