Indoneziyada Samarqand tarixi haqida hujjatli film beriladi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 27 yanvar-3 fevral kunlari Malayziya va Indoneziyaga tashrifi davomida Indoneziyaning «NET MEDIA» kinokompaniyasi bilan uchrashuv tashkil qilinib, kompaniya vakillari O‘zbekistonga taklif etilgan edi.

Shunga ko‘ra, ayni kunlarda mazkur kompaniya ijodiy guruhi Samarqandning turizm salohiyatini keng yoritish maqsadida viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, betakror tabiati va mehmondo‘stligi bilan tanishmoqda.

Ular tarixchi, turizm sohasi vakillari va mutaxassislar bilan hamkorlikda Samarqand tarixi va buguni haqida hujjatli film suratga olyapti.