Inson miyasining g‘alati sirlari va ularni saqlab yuradigan odamlar

Ha, inson miyasi ajoyib narsalarni qilishga qodir. Ba’zida miyada o‘tkazilgan jarrohlikoperatsiyalari, jarohat olish yoki biror kasallik oqibati inson miyasi ba’zan ajablanarli, ba’zi hollarda dahshatli narsalarni qila oladi.

Genri Molayson yangi xotiralarni shakllantirishga qodir emas

Genri Molayson dunyodagi miyaning medial chakka qismini olib tashlash operatsiyasini boshdan o‘tkazgan yagona odam bo‘ldi. Uni chidab bo‘lmas bosh og‘riqlaridan xalos qilish uchun qilinganjarrohlik amaliyoti unda anterograd amneziya deb ataladigan juda kam uchraydigan kasallikka olib kelishiga sabab bo‘ldi. Ushbu kasallik bilanog‘rigan bemorning miyasi yangi xotiralar hosil qila olmaydi. Shu bilan birga Genri o‘tmishda, ya’ni 27 yoshigacha hayotida sodir bo‘lgan hamma narsani eslay olardi.

Uning miyasi kechagi kun yoki o‘tgan haftadabo‘lgan yangi xotiralarni qayd eta olmasdi, u hattohozirgina birga tushlik qilgan do‘stini ham, hozirgi prezident ismi va hokazolarni eslay olmas edi...

Genri bu holatda 55 yil yashadi va 2008 yilda 82 yoshida vafot etdi. O‘zining noyobligi tufayli nevrologik doiralarda HM  bemori sifatida tanilgan Genri bir qator tadqiqotlar mavzusi bo‘ldi.

Robin Jenks Vanderlip va uning ruscha talaffuzi

Robin Jenks Vanderlip hech qachon Rossiyada bo‘lmagan. U Virjiniya shtatining Maklin shahrida istiqomat qiladi va butun umrini Qo‘shma Shtatlarning Sharqiy qirg‘og‘ida o‘tkazgan. Kunlarning birida u zinadan yiqilib, boshi bilanurildi. Bir necha kun o‘tgach, o‘ziga kelgan ayol gapira olmasligi aniqlandi. Vaqt o‘tishi bilan Robinning nutqi tiklandi, biroq u o‘z ona tili - ingliz tilida ruscha aksyent bilan gapira ketdi.

Robin butun dunyo bo‘ylab xorijiy aksyent sindromitashxisi qo‘yilgan 60 nafar bemordan biridir. Bu juda kam uchraydigan kasallik bo‘lib, u miya shikastlanishi, jismoniy shikastlanish yoki qon tomirlari bilan bog‘liq kasalliklar natijasida kelib chiqadi.

Govard Engel yozardi, lekin o‘qiy olmasdi

2001 yilda kanadalik yozuvchi Govard Engelinsultga uchradi, bir muncha vaqt o‘tgach, u kasallik oqibatlaridan biri - matnni o‘qiy olmayotganinitushundi. O‘shanda u o‘zini go‘yo notanish xorijiy tilda yozilgan matnni ko‘rayotgandek his qildi,alohida so‘zlar u yoqda tursin, hatto harflar nomlanishini ham talaffuz qila olmagan edi.

Hayratlanarlisi, Engel tez orada yozishni davom ettirdi. U so‘zlar manosini tushunmasa-da,shunday qilaverdi. Yozish qobiliyati vizual xotiradan vosita xotirasiga o‘tdi. Engel so‘zlarni o‘ziga xos tarzda belgilardi, ularni yozish uchun faqat o‘zining mexanik xotirasidan foydalangan holda harflarni qayta-qayta yozdi.

Yozish qobiliyati yo‘qolmagani ortidan yozuvchi normal hayot uchun faol kurasha boshladi. Natijada, u o‘z kasalligiga qarshi kurashda jiddiy natijalarga erishdi va yozayotib o‘qishga qodir ekanligini aniqladi. Shunday  bo‘lsa-da, u hech qachon o‘qish qobiliyatini to‘liq tiklay olmadi. Yozuvchi Govard Engel 88 yoshida vafot etdi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.