Ishtixon shaharchasi chiqindilardan tozalandi
- 18.08.2019 11:10
- 164
- Samarqand
Saytimizda “Chiqindiga to‘lgan” shaharcha yoxud Ishtixondagi noqonuniy savdo sotiqning avj olgani xususida» nomli tanqidiy maqola berilgan edi. Ushbu maqolaga munosabat bildirildi. Bu haqda “Ishtixon ovozi” gazetasi xabar bermoqda.
Maqolada asosan Ishtixon shahridagi markaziy ko‘chalarda noqonuniy savdo rastalari tashkil etilgani, tarvuz-qovun, yaxna ichimliklar savdosi yo‘lga qo‘yilgani, bu o‘z navbatida transport tirbandliklari va yon-atrofda antisanitariya holatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘layotganligi tanqid qilingan.
Nihoyat bu muammo tuman Davlat soliq inspeksiyasi mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilib, salbiy holatlarga barham berildi. Yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan savdo rastalari dehqon bozori hududiga kiritildi. Atrof chiqindilardan tozalandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa