Isroil Baxrayn va BAA bilan munosabatlarning barqarorlashganligi to‘g‘risida bitim imzoladi

Tadbir Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp, mamlakatning birinsi xonimi Melanya Tramp va o‘nlab mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Zeyd al-Naxayyan va Baxrayn Tashqi ishlar vaziri Abdul Latif az-Zayyani hujjatga imzo qo‘ydi.

Hujjat ivrit, arab va ingliz tillarida tayyorlandi. Uning vositachiligi yordamida erishilgan bitimning ingliz tilidagi nusxasiga Tramp ham imzo chekdi.

Shu bilan birga, Tramp, Netanyaxu, Baxrayn va BAA Tashqi ishlar vazirlari alohida “Ibrohim (Avraam) shartnomasi” kelishuvining to‘rt nusxasiga imzo qo‘ydilar (ingliz tilida, ivrit tilida va ikki nusxa arab tilida).

Isroil va BAA “Ibrohim shartnomasi” doirasida, AQSh vositachiligi yordamida munosabatlarning to‘liq barqarorlashishiga erishdi. Kelishuv shartlariga binoan Isroil “Iordan” daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi hududlarda o‘zining suverenitetini o‘rnatishdan vaqtincha voz kechadi.

Keyinchalik Baxrayn ham kelishuvga erishdi.

Falastin hukumati ushbu kelishuvni qabul qilmaganini bildirdi.