Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F.  uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi nodavlat ta’lim muassasalaridan birining ish yurituvchisi ikki nafarni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.