Italiyada koronavirus yuqtirgan ikki kishi vafot etdi
- 23.02.2020 09:21
- 122
- Xorij
Italiyada koronavirusdan o‘lish bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi. ANSA agentligining xabar qilishicha, Paduya shahridagi kasalxonada 78 yoshli italiyalik, qurilish kompaniyasining sobiq egasi Adriano Trevisan vafot etgan. U Skyavoniya kasalxonasiga og‘ir ahvolda keltirilgan bo‘lgan.
Keyinroq mamlakat shimolida joylashgan Lombardiyada yashaydigan ayol vafot etgani ma’lum qilindi.
Bu Yevroittifoq hududidagi mamlakatlardan birining fuqarolari koronavirusdan vafot etgan ilk holatdir. Avvalroq Parijda Xitoy fuqarosi vafot etgandi.
Paduya shahrida esa koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak kasalxonaga yotqizilgan.
Italiyada koronavirusga chalinganlarning aksariyati Lombardiya hududidan – bu yerda 16 kishida koronavirus aniqlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 52 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand