Jamoat transporti muammosi: Yechim bor, yechadiganlar yo‘q

Suratda jamoat transporti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan shahar manzarasi aks etgan. Videolavhada esa viloyat transport boshqarmasi mutasaddisi bizda ham shunday bo‘lishi kerakligini ta’kidlayapti.

Aslida ham jamoat transportini tartibli va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi ko‘pdan-ko‘p muammolarga yechim bo‘lishi kunday ayon.

Ayni shu sababli sankt-peterburglik mutaxassislar tomonidan tayyorlangan loyihada ham jamoat transporti uchun alohida yo‘lak bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Savol tug‘iladi: basharti loyiha amalga oshirilmas ekan, u nima uchun tayyorlandi? Demak, xorijlik mutaxassislar uchun sarflangan shuncha pul behuda bo‘lib chiqyaptimi?

Axir, aprel oyida davlat rahbariga qilingan taqdimotda ham jamoat transporti uchun alohida yo‘lakni tashkil qilish va’dasi berilmaganmidi?

Hurmatli Samarqand shahar hokimligi, viloyat IIB YHXB mutasaddilari, qachon ishga kirishasizlar?