Japarov "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temiryo‘li mamlakat iqtisodiyotiga qancha daromad keltirishini aytdi

Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga tayanib, «Sputnik Qirg‘iziston» xabar berdi.

Qirg‘iziston rahbari To‘qto‘g‘ul tumani aholisi bilan uchrashuvda bu bo‘yicha gapirgan.

«Hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Agar bu jarayon kuzga qadar yakunlansa, 2023 yil yo‘l qurilishi boshlanadi. Agar uch davlat hamkorlikda ishlasa, bu yo‘l 3-4 yilda qurib bitkaziladi. Daromad esa «Qambar-Ota-1» GESi va «Qumtor» oltin konidan kam bo‘lmaydi, kamida 200 million dollarni tashkil etadi», dedi Sadir Japarov.