Jo Bayden sayr vaqtida oyog‘ini sindirib oldi

AQSh prezidentligiga nomzod (uning prezidentligi rasmiy tasdiqlanmagan) Jo Bayden oyog‘ini qayirib olishi oqibatida oyog‘i to‘piq qismining ikki joyida kichik sinish paydo bo‘ldi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Kompyuter tomografiyasi lateral va o‘rta sfenoid suyak paylari singanini tasdiqladi”, muxbirlar shifokorlar so‘zlarini keltirishdi.

Bayden bir necha hafta maxsus oyoq kiyimda yurishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Bayden iti Meyjor bilan sayr qilib yurganda oyog‘ini qayirib olganidan so‘ng unga shifokor yordami zarur bo‘lgan. Dastlab ortoped suyak sinishi qayd etilmagan, faqatgina mushaklar lat yegani ta’kidlangan. Biroq siyosatchi qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tganidan so‘ng suyak sinishi tashxisi tasdiqlandi.