Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumanida zamonaviy yopiq bolalar o‘yin maydonchasi faoliyat boshladi

Ochig‘i, bu kabi o‘yingohlar markaziy shaharlarda ko‘p. Ammo hech bir tumanda bolalar uchun bunday o‘yingoh yo‘q. Shu jihatdan ilk bor barpo etilgan o‘yin maydonchasi aynan Jomboyda barpo etilganidan bu yerlik bolajonlarning shodligi bir olam, deb yozmoqda «Jomboy tongi» gazetasi.

«Quvnoq hudud» deb nomlangan mazkur zamonaviy yopiq bolalar o‘yin maydonchasining ochilish marosimida shu yerlik bolalar bilan birga Samarqand shahridagi 1-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi va o‘yin maydonchasining ilk foydalanuvchilari bo‘lishdi.

–  Maydonchada farzandlarimiz zamonaviy, xavfsiz ko‘ngilochar o‘yinlardan bahramand bo‘lishadi, - deydi muassasa ta’sischisi Sheroz Bekmatov. –O‘z navbatida ota-onalar farzandlarini ma’lum vaqtga o‘yingohda qoldirib, zarur ishlarini bitirib olish imkoniga ega bo‘lishadi.