Jomboyda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgandan keyin qarzdor alimentni to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro E.Islomovdan undiruvchi M.Baydullayevaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida  aliment undirish borish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Jomboy tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Aniqlanishicha, anchadan buyon fuqaro E.Islomov aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.

Biroq qarzdor E.Islomovning qarzdorligi 6 million 165 ming so‘mdan oshib ketsa-da, u to‘lovni paysalga solib keldi.

Majburiy ijro harakatlari daomida qarzdorning “DAMAS” avtomashinasi xatlanib, jarima maydoniga qo‘yildi.

Shundan so‘ng, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, qarzini to‘liq to‘lab berdi.