JSST koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qildi

Insoniyat koronavirus pandemiyasini taxminan ikki yil ichida yengishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus 22 avgust kuni shunday fikr bildirdi.

“Hozirgi holatda bizda ulkan hajmdagi texnologiyalar mavjud. Katta aloqalar bor joyda virus tez tarqaladi, biroq bizda uni to‘xtatishga qodir texnologiyalar mavjud”, - dedi u.   

Gebreyesus, insoniyat 1918 yilda to‘qnash kelgan ispanka grippi ikki yil davom etganini, biroq COVID-19 ni JSST tezroq yengishga umid bog‘layotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, JSSTning favqulotda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove, tashkilot tomonidan COVID-19 mutatsiyasini aniqlash ishchi guruhi tashkil etilganini ma’lum qildi.