JSST koronavirus vaksinasiga qarshi turganlarni natija bilan ishontirish harakatida

Koronavirusga qarshi emlashga qarshi turgan mutaxassislar sinovlar preparat xavfsizligini isbotlasagina, fikrini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi, deb yozdi RIA Novosti.
"Vaksinatsiyaga mutlaqo qarshilarning fikrini o‘zgartirish amri mahol. Ammo hamma narsa pandemiyaning avj olishiga bog‘liq bo‘ladi", deya fikr bildirdi xalqaro tashkilot vakillari. Vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi emlashga qarshilarni ishontirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, JSST mutaxassislari sinovdan o‘tgan preparatlar to‘g‘risida tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar haqida ham gapirdi va bunday soxta ma’lumotlar aholining vaksinaga nisbatan ijobiy munosabatiga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirdilar. Chunki vaksina - bu normal hayotga qaytishga yordam beruvchi vosita.
Avvalroq Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg Rossiya aholisini koronavirusga qarshi emlash rejasi haqida ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, shu yil oxirigacha kamida 1,5 million fuqaro COVID-19 ga qarshi emlanadi. Ayni paytgacha mamlakatda taxminan 40-45 ming kishi emlangan, deydi mutaxassis.