JSST tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqirmoqda
- 21.05.2024 16:35
- 119
- Salomatlik
JSST tayyor ovqatlar, jumladan, jamoat joylarida sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarida tuzdan foydalanishga majburiy cheklovlar joriy etishga chaqirdi.
Ekspertlar tuzni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytmoqda. Bu kasalliklardan har kuni dunyoda 10 ming kishi vafot etadi. Ular orasida erkaklar ulushi ayollarga qaraganda 2,5 marta ko‘p.
❗️ Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish ehtimoli G‘arbiy Yevropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori.
Tashkilot mutaxassislari kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilishni tavsiya etadi. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, tuz iste’molini 25 foizga kamaytirish siyosati 2030 yilga borib 900 ming kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.