JSST Vetnamda kuzatilayotgan koronavirus xurujida jiddiy xavf ko‘rmadi
- 30.07.2020 11:40
- 80
- COVID-19
Bu haqda tashkilotning Vetnamdagi vakili Kidon Park ma’lum qildi.
“Da Nangda aniqlangan virus iyul oyida turli mamlakatlarda kuzatilgan COVID-19 ga o‘xshash. Virusning bu turida turli mutatsiyalar paydo bo‘lishiga qaramasdan, jiddiy xavotirlanishga asos yo‘q”, deb ta’kidladi Park. Shu bilan birga, JSST vakili Vetnamdagi virusning yuqumliligi va xavfi oshmaganini alohida ta’kidladi.
27 iyul kuni Vetnamning Da Nang shahri va shahar yaqinida qayd etilgan koronavirus xuruji COVID-19ning yanada xavfli va tajovuzkor yangi shtammi asosida vujudga kelgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qilingan edi. Mutaxassislar ushbu virus shiddat bilan ko‘payayotgani va bemorlarni tez fursatda og‘ir ahvolga solib qo‘yayotgani haqida aytgan edi.