Kadastr pasportini qancha vaqtda rasmiylashtirish mumkin?

Hukumat qaroriga ko‘ra, mamlakatimizda ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan mazkur jarayonning muddati va shartlari haqida kichik material tayyorlandi.

Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha kadastr pasportini olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

➖ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

➖yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

➖umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

➖umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

➖umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

➖umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

➖umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha — 20 ish kunigacha;

➖umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq — 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘ma jildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi. Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning tegishli qarori bilan belgilanadi.