Kam ta’minlanganlarning qarzdorligi to‘lab berildi

Payariq tuman hokimligi hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xayrli ishga qo‘l urdi.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda imkoniyat topolmayotgan, ammo qarzdorligi mavjud kam ta’minlangan va iqtisodi nochor 77 oilaning 10 million so‘mlik qarzdorligi homiylik mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi. 

- Oilada ko‘pchilikmiz, daromadimiz kam. Buni bilgan hokimlik va Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari 500 ming so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligimning to‘lab berilishiga ko‘maklashdi, - deydi tumandagi Sho‘rtepa mahallasida yashovchi Rahima Ergasheva. -  Buning uchun tashkilotchilardan minnatdorman.  

Tuman hokimligi va Majburiy ijro byurosi xodimlari shu kabi Bahrin, G‘oyibota, Go‘zal, Farovon, Darvishiq mahallalarida ham bo‘lishib, kam ta’minlangan oila egalariga kommunal xizmat uchun to‘lov qilinganlik haqidagi ma’lumotnomani topshirdi.

Bahrom HAMIDOV, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta taftishchisi.