Kambag‘allar hokimlik g‘amxo‘rligi bilan turmushini to‘kis qilmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 69 ta mahallada 61,7 ming oila istiqomat qiladi. Karantin sababli turli cheklovlar o‘rnatilgani ularning turmush tarziga qay darajada ta’sir qildi? Kam ta’minlangan oilalarning ahvoli nechog‘lik kechmoqda?

Bugun tuman hokimligining e’tibori ana shu savollarga qaratilib, pandemiya sharoitida iqtisodiyotda silkinishlar bo‘lishining oldi olinmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, tumandagi 273 mingdan ko‘rok aholining mehnatga layoqatlilari orasida 11,1 ming nafari doimiy ish o‘rniga ega emas. Olib borilgan o‘rganishlar davomida 3556 ta ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilgan. Turli moddiy va ma’naviy ko‘mak berishdan tashqari, mehnatga layoqatli, biroq daromad manbaiga ega bo‘lmaganlarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, kabag‘al oilalarda yashovchi 2316 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandiligini ta’minlash, 2781 nafar fuqaroni tomorqa yeri yoki kooperativda daromad orttirishini yo‘lga qo‘yish hamda 1802 nafari kam ta’minlangan ishsizlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Bugungi kungacha 3264 nafar fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi. Ulardan, 2857 nafari jamoat ishlariga, 82 nafari vakant joylarga, 265 nafari dala tomorqalari - kooperativlarga, 60 nafari shaxsiy tomorqasiga subsidiya ajratilib, ish bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, tuman hokimi joylarda aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil qilib, ehtiyojmandlarning ro‘zg‘ori to‘kis bo‘lishi uchun zarur yordam choralarini ko‘rmoqda.

Misol uchun, Mundiyon mahallasida yashovchi Maqsuda Mahmudovaga davolanish uchun moddiy yordam, hovlisiga darvoza hamda og‘il qurib beriladigan bo‘ldi. Ushbu oila hamda Voyrot mahallasida yashovchi Bo‘ston Qudratovaga sog‘in sigir berildi. Qoradaryo mahallasida yashovchi fuqaro Nabi Eshqulovga ham saxoavtpesha insonlarning shunday ko‘magi tashkil qilinib, qizini davolatish uchun 9 million so‘m pul mablag‘ ajratildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.