Karantin sabab OTM bitiruvchilari to‘lov-kontrakt pulini kamroq to‘lashadi

Respublikadagi tibbiy-epidemiologik holatni hisobga olgan holda OTM bitiruvchilari to‘lov kontrakt summalarini nisbatan kamroq miqdorda to‘lashadi. Bu haqda DTM rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Hususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi aprel oyida o‘qishni tugatayotgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt summasi belgiladi. Unga ko‘ra:

Bakalavriat uchun: 1 521 655
Magistratura uchun: 1 748 098
Klinik ordinatura uchun:
1 478 333 sumni tashkil etadi.

Mazkur summadan oshiqcha to‘langan mablag‘lar o‘rnatilgan tartibda kaytariladi, deyiladi xabarda.
Izoh: Keltirilgan narxlar Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilariga tegishli.