"Kattaqo‘rg‘on" poligonida artilleriyachi askarlarning "Eng ilg‘or mutaxassis" ko‘rik-tanloviga start berildi
Markaziy harbiy okrugining «Kattaqo‘rg‘on» okrug poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Men g‘olib” shiori ostidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi.
Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda 5 nafar jamoalardan tashkil topgan artilleriyachi mutaxassisi bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada Markaziy harbiy okrugi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, Sharqiy harbiy okrugi hamda Janubi-g‘arbiy okrugidan 2 ta jamoa, jami 5 ta jamoalar ishtirok etmoqda. Jumladan, artilleriyachi muddatli harbiy xizmatchilar ushbu dala-o‘quv maydonida o‘tkazilayotgan musobaqada “Eng ilg‘or arudiya hisobi”, “Eng ilg‘or minomyot hisobi”, “Eng ilg‘or artilleriya razvedka hisobi”, “Eng ilg‘or jangovar mashina hisobi”, “Eng ilg‘or artilleriya topobog‘lovchi mutaxassisi” hamda “Eng ilg‘or artilleriya hisobchi mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
Musobaqaning ochilish marosimida Samarqand viloyatining taniqli san’atkorlari va harbiy orkestr tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali “Qo‘l jangi” chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.