Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi korxona ochildi

Shaharning Yakkabog‘ mahallasida “Kattakurgan oil” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 600 ming AQSh dollarlik kichik ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.

Investitsiya dasturi asosida amalga oshirilgan loyihada Xitoydan keltirilgan texnologiya va ishlab chiqarish uskunalari yordamida noan’anaviy moyli ekinlardan o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi.

- Korxonamizdagi zamonaviy texnologiyalar yordamida sifatli mahsulot ishlab chiqarib, aholining o‘simlik yog‘iga bo‘lgan talabini imkon qadar qondiramiz, - deydi loyiha rahbari Zafar Ishbekov. – Hozir korxonada 55 nafar mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, keyinchalik ish o‘rinlarini 100 nafarga yetkazish niyatimiz bor. Korxonamizda birinchi bosqichda moy ishlab chiqarish, keyinchalik bu yerda xo‘jalik sovuni va boshqa 7 turdagi iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.