Kattaqo‘rg‘onda aliment to‘lamay kelgan otadan 60 million so‘m undirildi
- 09.11.2020 21:40
- 121
- Samarqand
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Sanjar Abdullayevdan undiruvchi Yulduz Hakimovaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Qarzdor S.Abdullayev bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.
Suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, voyaga yetguniga qadar hisoblab 60 million so‘m pulni to‘lab berdi.
Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi xabar berdi.
Teglar:
aliment puli
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 37 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand