Kecha Samarqandda 58 kishida koronavirus aniqlandi
🔺 2021 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157 872 (+736) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining:
82 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
23 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
11 nafari Navoiy viloyatida,
22 nafari Namangan viloyatida,
58 nafari Samarqand viloyatida,
19 nafari Sirdaryo viloyatida,
32 nafari Surxondaryo viloyatida,
72 nafari Farg‘ona viloyatida,
27 nafari Xorazm viloyatida,
108 nafari Toshkent viloyatida,
238 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun respublikamiz bo‘yicha 494 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 149 767 nafarga yetdi, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.