Ko‘mir qayerda sotiladi?

Bugungi kunda Jomboy, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Maroqand, Samarqand stansiyasi, Zirabuloq, Qo‘shrabot tumanida Jo‘sh ota va Qo‘ralos, Urgut tumanida Jarqishloq va Bunyodkor ko‘mir shoxobchalari faoliyat olib bormoqda.

Ushbu shoxobchalardan Qo‘shrabot tumanida 2 ta, Urgut tumanidagi 2 ta ko‘mir omborlarida tayyor mahsulot, ya’ni ko‘mir briketini aholiga sotish xizmati ko‘rsatiladi. Qolgan shoxobchalardagi ko‘mir omborlarining vazifasi ko‘mir briketini ishlab chiqarish, ortish-tushirish va aholini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, 1 tonna ko‘mir narxi 300 ming 300 so‘m, 1 tonna ko‘mir briketi narxi 412 ming 500 so‘m.

Shu paytgacha viloyat aholisiga yil boshidan 19 ming 30 tonna tonna ko‘mir, 4 ming 201 tonna ko‘mir briketi sotildi.

Bundan tashqari, Qozog‘istondan kirib kelayotgan ko‘mir mahsuloti sifat jihatdan ancha yaxshiligi va import mahsulot sifatida kirib kelayotganligi sababli qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan hamda hukumat qaroriga muvofiq holda bir tonnasi 635 ming so‘m narxda sotilmoqda.

Ko‘mir va ko‘mir mahsulotlarini olibsotarlik qilish, undan biznes maqsadida aholiga Davlat belgilaganidan ortiqcha narxlarda sotish kabi noto‘g‘ri harakatlarga cheklovlar hamda qonun doirasida chora ko‘rish belgilangan.

Samarqand birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi.