Koronavirus ko‘payishini to‘xtatishga qodir vitamin aniqlandi
Hindistondagi Manipal akademiyasi va Mahalliy biotexnologiyalar markazi tadqiqotchilari vitamin V12 koronavirus ko‘payishini qaytara olishga qodir ekanligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqotlar “IUBMB Life” jurnalida nashr etildi.
Mutaxassislar virus tarqalishiga javobgar bo‘lgan va koronavirus genomi tarkibiga kiruvchi nsp12ni yo‘q qila oladigan tabiiy mahsulotlar va tibbiy vositalarni aniqlash maqsadida kompyuter modellashtirilishini o‘tkazdilar.
Tadqiqot yakuniga ko‘ra, vitamin V12ning o‘ziga xos tarkibi – metilkobalamin virus hujayralari replikatsiyasini yo‘q qilishga qodir ekanligi aniqlandi.
“Mazkur vosita kasallanish xavfini kamaytirish va kasalxonalarda kechiktirib bo‘lmas yordam ko‘rsatish uchun tibbiy xodimlar, yoshi keksalar yoki surunkali kasalligi bor guruhlarga kasallanishning oldini olish maqsadida qo‘llash mumkin”, deyilgan tadqiqot matnida.
Shunga qaramasdan tadqiqotchilar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash protokoliga o‘zgartirish kiritish uchun bir qator qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi lozim ekanligini ta’kidlagan.