Koronavirus tarqalishi haqida 2008 yilda ma’lum qilingan yana bir kitob topildi

Avvalroq Din Kuns tomonidan 1981 yilda yozilgan va unda koronavirus tarqalishi bashorat qilingan “Qorong‘ilik ko‘zlari“ romani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Kitob dahshatli virusning aniq paydo bo‘lishi va uning butun sayyorada qanday tarqalishi haqida xabar bergandi. Ammo xavfli kasallik epidemiyasining paydo bo‘lishi 2008 yilda yana bir kitobda bashorat qilingan ekan, deb xabar berdi “planetanovosti.com” portali.

“2020 yilda qayerdadir pnevmoniyaga o‘xshash kasallik sayyoramizda tarqala boshlaydi. Barcha ma’lum davolash usullari virusga qarshi kuchsiz bo‘ladi. Kasallik to‘satdan paydo bo‘ladi va xuddi shu tarzda yo‘qoladi, ammo yana 10 yildan so‘ng qaytib, shundan keyingina abadiy yo‘q bo‘lib ketadi ”. Silvia Braun va Lindsi Xarrisonning kitobida aynan shu narsa yozilgan asar “Kunlarning oxiri: Dunyoning oxiri haqidagi bashoratlar va taxminlar“ deb nomlanib, 12 yil oldin nashr etilgan.

Ta’kidlash kerakki, Din Kuns shunchaki ilmiy fantastika yozuvchisi bo‘lgan. Silvia Braun esa turli shu mavzuga bag‘ishlangan shoularda ishtirok etgan, bir necha bor politsiyaga murakkab ishlarni tergov qilishda yordam bergan va bo‘sh vaqtlarida yozish bilan shug‘ullangan.