Коронавирусда йўтал қандай бўлади?

40-Kommunarka shifoxonasi bosh shifokori Denis Protsenko koronavirus kasalligining ayrim jihatlari va undagi yo‘tal haqida aytib o‘tdi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘talda hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan intonatsiya bor. Koronavirus bilan kasallangan bemorlarda yo‘tal yuzaki bo‘ladi, shuningdek, doimiy terlash holati ham kuzatiladi. Mana shu belgilar bilan ham bu kasallik belgilarini anglash mumkin.

Shuningdek, u kasallik vaqtida ta’m va hid bilmaganini aytib o‘tdi.

Estalib o‘tamiz, Protsenko koronavirus bilan aprel oyida kasallangan edi.