Koronavirusga chalinib sog‘aygan bemorlarda immunitet paydo bo‘lishi ilmiy tasdiqlanganmi?

❓ Kasallikni ikkinchi marta yuqtirish holatlarida kasallik yengil o‘tadimi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha:

🦠 Koronavirusdan sog‘aygan bemorda kasallikka qarshi antitanachalar hosil bo‘lishi isbotlangan. Natijada kasallangan organizmda virusga qarshi immunitet hosil bo‘ladi.

🔎 Chet ellik mutaxassislarning ta’kidlashicha, immunitet o‘rtacha 3 oygacha saqlanib qoladi. Lekin bu vaqt ichida qayta kasallanganlar aniqlanmagan.

📍 Immunitet saqlanib qolish davri tugaganda ham virus yuqtirganda bemor organizmida genlar darajasida kasallikka qarshi antitanachalar ishlab chiqarish qobiliyati "xotirasi" saqlanib qoladi va kasallik nisbatan yengil o‘tishi aytilmoqda.

📈 Aynan ana shu antitanachalarni aniqlash bo‘yicha Respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida aholi orasida guruh immunitetining foizini aniqlash mumkin.

⚡️ Bu o‘z navbatida, karantin choralarini rejalashtirish imkonini beradi.