Kutilmagan joylarda yashashni afzal ko‘rgan odamlar

Shukrlar bo‘lsin, biz oilamiz bilan yashaymiz, maktabga boramiz, ishga joylashamiz va o‘z uyimizga egamiz. Ba’zi odamlar borki, hatto kiyimlarini qayerga osish masalasida ham o‘ylanib qoladi. Keling, odamlar o‘zi yashashi uchun tanlagan eng kutilmagan joylarni ko‘rib chiqamiz.

Erkak 14 yildan beri Pekin aeroportida yashaydi

2022 yilda Pekin shahri yashovchisi Vey Szyango 14 yildan beri poytaxt xalqaro aeroportida yashab kelgani ma’lum bo‘ldi. U istalgan vaqtda u yerdan ketishi mumkin, chunki uning butun oilasi shaharda yashaydi. Biroq u o‘z uyida yashashni yoqtirmagani uchun aeroportda qolishga qaror qilgan.

Szyangoning so‘zlariga ko‘ra, u 2008 yilda xotini bilan janjallashib, uyini tark etgan. Ta’kidlashicha, oilasi uning chekishi va ichishni yoqtirmasligi uchun u o‘zini erkinlikdan mahrum qilingandek his qildi. Vey aeroportning 2-terminalida o‘z do‘konini ochdi va o‘shandan beri shu yerda yashab keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u ichish va chekishni to‘xtatsa, oilasi uni istalgan vaqtda qaytarib olishga tayyor, lekin hozircha uning o‘zi bunga tayyor emas.

Kanalizatsiyada 22 yil

Qaysidir ma’noda, har qanday joy uy bu sizning uyingiz, agar yoningizda sevgan odamlaringiz birga bo‘lsa... Bu har doim ham yaxshi uy yoki kvartira bo‘lmasligi mumkin va tasodifiy hollar tufayli ba’zi odamlar g‘ayrioddiy bo‘lsa-da, odatiy bo‘lmagan ekstremal turar joylarga joylashishga majbur bo‘lishadi.

Kolumbiyalik er-xotin Migel va Mariya 20 yildan ortiq vaqt davomida kanalizasiya trubasi ichida yashagan. Ular egallagan joyning uzunligi 9 fut (2,7 metr), kengligi 6 fut (1,8 metr), balandligiesa 5 fut (1,5 myetr) edi, ya’ni ular qaddini tik ko‘tarib turolmagan.

Er-xotin o‘z uyini yotoqxona va kichkina oshxona bilan jihozladi, Migel elektrni ulashga muvaffaq bo‘lganligi tufayli ular televizor tomosha qilishlari ham mumkin edi.

22 yil... Kruiz laynerida

Mario Salcyedo dengizni shunchalik yaxshi ko‘radiki,  u so‘nggi 22 yildan beri kruiz kemalarida yashab keladi.

Salsedo ko‘p yillar davomida moliya sohasida ishladi va bir kun o‘z hayotini sarhisob  qilib, u uyidan ko‘ra ko‘proq boshqa joylarda yashab kelganini payqadi. 1997 yilda nafaqaga chiqqan Mario keyingi hayotini o‘z shartlari asosida o‘tkazishga va dunyo kezish uchun "Royal Caribbean" kruiz kemasida ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Koviddagi vaziyat buni imkonsiz qilgan 15 oydan tashqari, u yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida kemada yashadi.

Uy egasi bo‘lgan odamlar uchun bu g‘oya biroz g‘alati tuyuladi, ammo amaliy nuqtai nazardan bunga ishonish qiyin emas. Agar Salsyedoning uyi bo‘lmasa, demak, uning ijara yoki ipoteka, kommunal to‘lovlari yoki oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobil sug‘urtasi yoki gaz xarajatlari bo‘lmaydi. Unga ovqat pishirish yoki uy tozalash kerak emas. Uning har kuni rejalashtirilgan tadbirlari bor va agar xohlasa, to‘xtovsiz muloqot qilishi mumkin. Bunday hayot uchun u yiliga 60-70 ming dollar to‘laydi.

Yolg‘izlikda 30 yil

Hamma ham hech bo‘lmasa bir muddat bu gavjum dunyodan uzoqroqda yashab ko‘rishni orzu qilsa kerak. Mauro Morandi 1989 yilda, Budelli orolining qo‘riqchisi nafaqaga chiqishni rejalashtirayotganini bilib olganida o‘z orzusini amalga oshirdi. U bu lavozimni egallab, bir nechta mushuklar bilan birga 32 yil davomida orolning yagona aholisiga aylandi va kelib turadigan sayyohlarga mezbonlik qilardi.

Hukumat arxipelagning bir qismi bo‘lgan ushbu orolni milliy bog‘ va alohida zona deb e’lon qildi. Orolni himoya qilish maqsadida turizm industriyasi yopildi. Rasmiylar Morandini 2018 yilda haydab chiqarishga harakat qilishdi, biroq ommaviy petitsiya uning qolishi kerakligiga ishongan odamlardan 18 ming imzo to‘pladi.

2021 yilda vaziyat o‘zgardi va yolg‘izligiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntini yuritgan Morandi, nihoyat bosimga berilib, orolni tark etgani haqida yozgan postini e’lon qildi. 82 yoshida u o‘qituvchi bo‘lib ishlagan vaqtida to‘plagan nafaqasiga o‘z shahridan uy sotib oldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.