Kutilmagan meros yoki “yo‘q joydan” kelgan boyliklar

Boylarning bir necha toifasi bor: kimdir boy oilada tug‘ilgan va hayotida bir kun ham ishlamagan bo‘lsa, boshqalari butun umri davomida tinimsiz mehnat qilishadi, kamdan kam odam esa arzimagan pulga lotereya chiptasini sotib olib boshiga baxt qushini qo‘ndiradi va endi ular o‘z millionlarini qayerga sarflashni bilmaydi.

Bugun ko‘pchilikni hayratda qoldirgan kutilmagan meros va “yo‘q joydan” kelgan boyliklar haqida gaplashamiz.

Mijoz ofitsiant qizga 500 ming dollar meros qoldirdi

Ogayo shtatining Chagrin Fols shahridagi o‘n yetti yoshli ofitsant qiz Sara Vuds 1992 yilda o‘zi ishlaydigan kafega tez-tez kelib turadigan Bill  Kraskston bilan do‘stlashdi. 10 yoshligida otasidan ayrilgan Sara hech kimi yo‘q keksa Billning uy yumushlariga yordam berib turardi. Krakson esa o‘z navbatida agar farzandi bo‘lganda, u Sara kabi bo‘lganligini tasavvur qilganini aytgan. Bill Krakston 82 yoshida yurak xurujidan vafot etdi, kasalxonada o‘limidan oldin u yaqin qarindoshi sifatida Sara Vudsning telefon raqamini ko‘rsatdi va uni o‘zining merosxo‘ri deb atadi. Shu tarzda qiz to‘satdan 500 ming dollar, uy va ikkita mashina egasiga aylandi. Sara o‘z pullarini to‘g‘ri narsaga, ya’ni o‘qishga sarfladi.

Tasodifiy tanlangan 17 merosxo‘r

Butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan Portugaliyalik aristokrat Luis Karlos de Noronya Kabral da Kamara 42 yoshida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi. O‘sha kuniyoq hech narsadan xabari bo‘lmagan o‘n yetti portugaliyaliklarga qo‘ng‘iroq qilishdi va ular eng boy odamlardan birining merosxo‘ri bo‘lganliklarini aytishdi. Luis o‘limidan 13 yil oldin  telefon kitobida yozdirib qoldirgan bu odamlarni tasodifiy tarzda tanlab oldi va ularga 35 ming yevrodan tashqari 12 xonali kvartira, uy va mashinani vasiyat qilib qoldirdi. Vasiyatga ko‘ra bularning hammasi bu o‘n yetti nafar notanish odamlar o‘rtasida taqsimlandi.

O‘smirga bobosi xazinalar yashiringan orolni meros qildi

Josh (Djosh) ismli o‘smir o‘z bobosini bor-yo‘g‘i bir necha marta ko‘rgan, biroq bu unga bobosining aql bovar qilmas boyligining yagona merosxo‘ri bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. Samuel (Joshning bobosi) o‘z diniy qarashlari sababli qizining turmushga chiqqanini hech qachon ma’qullamagan, lekin uning nabirasiga bo‘lgan mehri boshqacha edi. U 80 gektar qishloq xo‘jalik yeri va 36 gektar shaxsiy orolini nevarasiga vasiyat qilib qoldirdi. Vasiyatnomada shuningdek orolning qaysi bir joyida “idishda” yashiringan qimmatbaho toshlar haqida aytilgan.

Boshpanasiz erkak 6 million dollardan qochib ketdi

67 yoshli Tomas Martines Boliviyadagi Santa-Krus-de-la-Serra ko‘chasida yashardi. Kunlarning birida u ko‘chadagi o‘rindiqda uxlab yotganida politsiyachilar bir necha yil oldin ajrashgan marhum xotini unga 6 million dollar meros qoldirganini aytish uchun unga yaqinlashgan edi. Martines politsiyachilar uni giyohvand moddalar saqlash, ko‘nimsizlik yoki alkogolizm uchun hibsga olmoqchi bo‘lganliklaridan xavotirlanib qochib ketdi. Mahalliy gazetalar uni topishga harakat qilib, u haqda “Millioner o‘z merosidan qo‘rqdimi?...” sarlavhali maqolalar yozib chiqdi. Ajablanarlisi, millionerning qayerdaligi haligacha noma’lum.

Boyliklarimni “Eng ko‘p bolali ayol”ga qoldiraman

Kanadalik advokat va tadbirkor Charlz Vins Millarning o‘limi vaqtida na qarindoshlari, na farzandlari bor edi. Shuning uchun vasiyatnoma matni g‘ayrioddiy iltimoslarga to‘la bo‘ldi. Eng g‘alatisi Millarning o‘limidan 10 yil o‘tgach, kapitalining bir qismi eng ko‘p bolali onaga berilishi kerak edi. Bu davrda Kanadada “laylak poygasi” boshlanib ketib, oxir-oqibat sud jarayonlari avj oldi. To‘liq tekshiruvlar tugagach, 5 nafar ayol (har birining 9 nafardan farzandi bor edi) uning pullarini o‘zaro bo‘lishdi va ularning har biriga 750 ming dollardan tegdi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.