Kutish zalidagi o‘rmon, uchish-qo‘nish yo‘lagidagi poyezdlar: Dunyodagi eng noodatiy aeroportlar yoki o‘zgacha ko‘rinishdagi aeroportlar
Shisha va betondan qilingan ulkan terminallar, kutish zallari, kulrang uchish-qo‘nish yo‘laklari…Sun’iy orollardagi xalqaro aeroport, vagonli parovozlar tez yurib o‘tadigan aerodrom yoki haqiqiy o‘rmonga aylantirilgan kutish zali – bugun dunyodagi eng noodatiy aeroportlar bo‘ylab sayohatga chiqamiz.
Changi aeroporti, Singapur. Sharshara, o‘rmon va kapalaklar
Changi o‘nlab marta dunyoning eng yaxshi aeroportiunvonini qo‘lga kiritdi. Tabiat va atrofdagi texnologik dunyo uyg‘unlashgan bu g‘ayrioddiy binodagi markaziy terminalning ko‘p qavatli terassalari bo‘ylab yam-yashil o‘simliklarga ega ulkan park yoyilib joylashgan. Undagi nafaqat yashil maydonlar, balki kapalaklar, qushlar,oynali labirintlar, arqonli inshootlar va shisha yo‘laklar kishini maftun qiladi.
Changining asosiy marvaridi tom ostidagi 40 metrli sun’iy sharshara o‘zining maftunkor go‘zalligidan tashqari, tom ostidagi o‘rmondagi harorat va namlikni ham tartibga soladi. Butun baland qismi faqat dam olish maskanlari uchun ajratilgan aeroportning o‘zi - ro‘yxatdan o‘tish stollari, bagaj bo‘limlari va boshqa barcha zarur infratuzilmalar Yer osti darajasida qurilgan besh qavatli binoda faoliyat yuritadi.
Kansay aeroporti, Yaponiya. Yolg‘iz orol
Kansay - sun’iy orolda qurilgan dunyodagi birinchi aeroport. Ushbu qurilish maydonchasini ishonch bilan sayyoradagi eng jasoratli va keng ko‘lamli loyiha deb atash mumkin. 20 metrchuqurlikdagi ko‘rfazda bir necha yil ichida uzunligi 4, kengligi 1 kilometr bo‘lgan sun’iy orol paydo bo‘ldi.
Yaponiyada odamlar har qanday “qo‘shimcha” yer uchastkasidan oqilona foydalanishga intilishadi va iloji bo‘lsa bu “bo‘laklarni” o‘zlari yaratishadi. Aytgancha, orol juda kuchli - 1995 yilda u 7 balli zilziladan, 1998 yilda esa shamol tezligi soatiga 200 kilometrgacha bo‘lgan kuchli to‘fondan omon qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Gisborn aeroporti, Yangi Zelandiya. Bu yerda o‘zi poyezdlar yetmay turgandi...
Agar bitta ajoyib holat - uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab o‘tadigan temir yo‘l (bo‘lganda ham juda band) bo‘lmaganida, Yangi Zelandiyaning Gisborn shahridagi bu kichik aeroport haqida deyarli juda kam odam bilgan bo‘lardi.
Poyezdlar va samolyotlarning o‘zaro bog‘lanishi ham juda qiziq – ko‘pincha samolyotlar noqulay ahvolga tushib qoladi va ular poyezdning keyingi vagoniyo‘lni kesib o‘tgunga qadar parvoz vaqtini cho‘zishiyoki qo‘nayotgan bo‘lsa havoda aylanib uchib turib,kutishlari kerak. Umuman olganda, bu yerda - harakatlarni imkon qadar bir-biriga xalaqit bermaydigan tarzda tashkil qiladigan temir yo‘lva parvoz dispetcherlarining ishi juda mas’uliyatli.
Yadin aeroporti, Xitoy. Baland tog‘lardagi uchar likopcha
Bu aeroport dunyodagi eng baland deb hisoblanadiganligi bilan mashhur. U Xitoyning janubi-markazidagi Sharqiy Tibet mintaqasida 4411 metr balandlikda joylashgan. Yadin xalqaro aeroport hisoblanadi va butun dunyodan yo‘lovchilarning aksariyati sayyohlar va ziyoratchilarbo‘lgan parvozlarni qabul qiladi.
Havo bandargohining asosiy diqqatga sazovor joyi - ulkan uchuvchi likopcha ko‘rinishida qurilgan terminal binosidir. Afsuski, aeroportning go‘zalligi sayyohlarning ko‘ziga ko‘rinmaydi. 4000 metrdan yuqori balandlikdagi siyrak havo ko‘plarda bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Uchuvchilar uchun ham tortishish kuchi pasayib, dvigatellar ishlashi murakkablashgan bunday sharoitda samolyotlarni qo‘ndirish juda qiyinkechadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.