Mahalliy hokimliklar dehqon xo‘jaliklarining yetishtirgan mahsulotini sotishga ko‘maklashishi yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, tuman hokimlari uzoq muddatga qishloq xo‘jalik yerlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklariga hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish va bozor topishga ko‘maklashadi.

Mahallalarda aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga dasturlarning maqsadli va kredit olish bo‘yicha doimiy ravishda tushuntirishlar o‘tkaziladi.

Kredit olish uchun tavsiyalar ustuvor ravishda uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari beriladi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga ko‘ra faoliyatni to‘xtatgan tadbirkorlik sub’yektlari va hunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli ravishda shart-sharoitlar yaratib, mavjud muammolar hal etilishga amaliy yordam beradi.