Mamlakatimizda qayd etilgan koronavirusdan o‘lish holatlari nima uchun dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past?
AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning javoblari:
- Tamoqdan surtma olib tekshirish usuli bemorning koronavirusdan xoli bo‘lganini qanchalik aniq ko‘rsata oladi. Bu turdagi testlar qay darajada ishonchli?
— O‘zbekistonda SOVID-19 virusini aniklash uchun PSR (polimepraz zanjir reaksiyasi) ishlatiladi. Bu usulning aniqlash foizi juda yuqori bo‘lib, 90 foizdan oshadi.
- Mamlakatimizda qayd etilgan koronavirusdan o‘lish holatlari nima uchun dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past?
— Muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri O‘zbekistonda o‘z vaqtida va qat’iy karantin va o‘z-o‘zini izolyasiyalash choralari ko‘rildi. Tibbiyot xodimlari fidokorona mehnat qildi, xalqaro tajriba o‘rganilib, amaliyotda qo‘llandi.
- Karantindan so‘ng odamlar tibbiy niqoblarni taqib yurishni davom etishi kerak bo‘ladimi?
— Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga va o‘sha davrdagi muayyan holatga bog‘liq bo‘ladi. Vatandoshlarimiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy masofalanishga ko‘nikishdi va o‘ylaymanki, tavsiyalar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar xavfsizlik qoidalariga amal qilishda davom etishadi.