“Mark Tven” nima degani?

Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tvenni uning jahon adabiyoti durdonalariga kiritilgan o‘nlab asarlari orqali yaxshi taniymiz.

Yozuvchining asl ism-familiyasi - Samyuel Dengxorn Klemens. U 1835 yil 30  noyabrda Amerikaning Florida shahrida tug‘ilgan. Oradan bir necha yil o‘tgach, oila Gannibal shahriga ko‘chadi. Keyinchalik bu uning “Tom Soyerning sarguzashtlari” kitobi tasvirlari orqali tarixga kiradi.

1847 yilda otasi vafot etadi. U o‘zidan katta qarz qoldirgandi. Qarzni to‘lash uchun bolalar ishlashga majbur bo‘lishadi. To‘ng‘ich o‘g‘il gazeta nashr qilishga qaror qiladi. Yosh Samyuel esa unga maqolalar yozib beradi. Uning maqolalari tajribali jurnalistlarnikidan o‘tkir va dolzarbligi bilan ajralib turardi.

Biroq Samyuelni suvda sayohat qilish ko‘proq o‘ziga  chorlardi. Natijada Missisipi bo‘ylab suzuvchi paroxodga o‘smir lotsman bo‘lib ishga yollanadi.

Keyinchalik u bu hayotida eng yaxshi damlar bo‘lgani va butun hayoti davomida  zavq bilan shug‘ullangan kasbga yo‘l ochganini faxr bilan gapiradi.

Ana shu sevimli kasb tufayli uning taxallusi - “Mark Tven” paydo bo‘ladi. Mark Tvenning ma’nosi  daryo kemalari suzishi uchun chuqurligi yetarli bo‘lgan sayozlikni anglatarkan.

T.Shomurodov tayyorladi.