Markaziy harbiy okrugida bepul o‘quv kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
- 07.06.2019 21:11
- 61
- Jamiyat
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha Markaziy harbiy okrug tassarufidagi harbiy qismlarda va ularga yaqin ta’lim muassasalarida harbiylar bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda ingliz tili, raqs va sport to‘garagi, kitob mutolaasi, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, tasviriy san’at yo‘nalishi hamda tarix fani bo‘yicha kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, harbiy xizmatchi Farrux Karanovning turmush o‘rtog‘i Xurshida Yuldasheva Samarqand shahrida “Go‘zallik saloni” faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 8 nafar ayolni ish bilan ta’minladi.
Mazkur o‘quv kurslar faoliyati ta’tilga chiqqan bolajonlar hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari, yosh harbiy xizmatchilar uchun ayni muddao bo‘lmoqda.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa