Millionlab dollarga sotilgan qimmatbaho fotosuratlar

Ko‘pchilik san’at asari qimmat, ba’zan esa haddan tashqari qimmat ekaniga ko‘nikib qolgan. Suratlarni juda ham qimmat narxda sotish odatda “Christie’s”, “Sotheby’s” auksionlarda yoki xususiy ravishda amalga oshiriladi. Boy kolleksiyachi xaridorlar ko‘pincha o‘z ismlarini bilintirmaslikka harakat qilishadi. Bugun sizni aqlga sig‘maydigan bahoda sotilgan fotosuratlar bilan tanishtirmoqchimiz.

Kevin Abosh — «Kartoshka #345» (2010)

Bahosi: 1 080 000 dollar

Kevin Abosh kartoshkani odamlardek suratgaolishni yaxshi ko‘rishini aytadi. Axir, bu o‘simlikrasmlarda har doim har xil chiqadi-da. Ajablanarlisi, irlandiyalik fotograf tomonidanolingan kartoshka portretlaridan biri anonimyevropalik tadbirkor tomonidan yuqoridako‘rsatilgan katta pulga sotib olingan.

Tomas Shtrut — «Panteon, Rim» (1990)

Bahosi: 1 810 000 dollar

Nemis fotografi yirik muzeylarga tashrif buyuruvchilarni va galereyaning o‘ziga xos atmosferasini suratga olishni yaxshi ko‘radi. Mashhur Rim panteonida olingan bunday suratlardan biri 2007 yilda Christie’sauksionida sotilgan.

Noma’lum fotograf «Billi Kid» (~1879)

Bahosi: 2 300 000 dollar

Bu Billi Kid nomi bilan tanilgan, o‘limidan so‘ng Yovvoyi G‘arbning ramzlaridan biri maqomini olgan mashhur amerikalik jinoyatchi Uilyam Genri Makkarti. 2015 yilgacha bu rasm Billi Kidning omon qolgan yagona fotosurati deb hisoblangan.

Sindi Sherman — «#153» (1985)

Bahosi : 2 770 500 dollar

Fotosuratlar sanoatining eng ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri, o‘zining kuchli va provokasion ishlari bilan tanilgan Sindi Shermanning dahshatli suratlaridan biri. Bu suratdagi asar qahramoni ham uning o‘zi. Muallif barcha rasmlariga badiiy nom bermasdan ularni faqat raqamlar bilan belgilab qo‘yadi.

Edvard Stayxen — «Ko‘ldagi Oy nuri» (1904)

 

Bahosi : 2 928 000 dollar
Tunda olingan birinchi rangli fotosurat uning o‘ziga xosligi va qiymatini belgilab qo‘ydi.

Andreas Gurski — «Chikago tovar birjasi-III» (1999)

Bahosi: 3 301 771 dollar

Mashhur nemis fotosuratchisi Gurskiyning bu surati yuqori aniqlikda olingan: asl tasvirni kattalashtirish orqali siz Chikagodagi birja ishining eng kichik tafsilotlari - odamlarning yuzlari va hatto kompyuter ekranlarida nima bo‘layotganini ko‘rishingiz mumkin.

Djeff Uoll — «O‘lgan jangchilar gapirganda... (1992)

Bahosi: 3 666 500 dollar

Yo‘q, bu harbiy reportaj emas. Studiyada olingan juda yuqori sifatli sahnalashtirilgan kadrdagi professional aktyorlar Afg‘oniston urushipaytidagi askarlar kabi tarixiy aniqlik bilan kiyingan. Syujetga ko‘ra, portlash oqibatida halok bo‘lgan askarlar jonlanib, hayrat bilan o‘z tanalarini ko‘zdan kechirishadi.

Andreas Gurski — «Reyn II» (1999)

Bahosi: 4 338 500 dollar

Sotuvi rasman Christie’s” auksionida ro‘yxatdan o‘tgan eng qimmat surat. Qizig‘i shundaki, sun’iy yo‘l bilan suratdan elektrostansiya, iti bilan sayr qilayotgan odam va boshqa port ob’yektlari olib tashlangan. “Zamonaviy daryoning aniq tasviri”ni tafsiflashni istagan Gurskiyga aynan shunday ko‘rinish kerak bo‘ldi.

Piter Lik — «Fantom» (2014)

Bahosi: 6 500 000 dollar

Arizona shtatidagi Antilopa darasidagi g‘orda olingan surat. Suratda quyosh nurlaridagi chang va qum konturlari haqiqatan ham sharpaga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Dastlab, rasm rangli edi, ammo oq qora rangdagi versiyasi rekord bahoda sotib olingan. Avstraliyalik fotosuratchining saxovatli, ammo anonim xaridor bilan kelishuvi shaxsiy xususiyatga ega edi, shuning uchun ba’zimutaxassislar bu rekordni tan olishdan bosh tortishadi. Biroq, Piter Lik “oldi-sotdi”gahamrohlik qilgan advokatlar ko‘rsatmalariga ega.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.