Mironqulda yoshi qariyb 450 yilga teng 1 tup tut daraxti aniqlandi

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 100 yoshdan katta bo‘lgan daraxtlarni aniqlash va ularni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilyapti.

Navbatdagi o‘rganish jarayonlarida Samarqand tumanidagi “Mironqul” mahallasining tog‘li hududida yoshi asrlarga bo‘ylashgan 1 tup tut daraxti aniqlandi.

Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga va dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu daraxtning yoshi qariyb 450 yilga teng.

Ayni paytda ushbu daraxtga davlat tabiat yodgorligi maqomi berish uchun tuman hokimligiga taklif kiritildi va hozirda mazkur taklif asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.