Miyasiz tug‘ilgan bola: Uning hayoti qanday kechayapti?

...Shifokorlar Shelli Uollga homilaning holati tufayli uni to‘xtatishni maslahat berishdi. Farzandni dunyoga keltirib, uning sog‘ayib ketishiga ishongan Noy Uollning ota-onasi bunday qila olmadi. Gap shundaki, britaniyalik oila farzand kutish bosqichida o‘g‘lining deyarli miyasiz tug‘ilishini bilar edi. Bu ota-ona bola tarbiyasida yetarli tajribaga ega edi, shuning uchun chaqaloqni saqlab qolishga qaror qilishdi.

Noy miyasining atigi 2 foizi bilan dunyoga keldi. Bolaga yana bir og‘ir – umurtqa pog‘onasining titilishi tashxisi qo‘yildi. Shifokorlar bola butun umri davomida nogiron bo‘lib qolishiga, hatto uning o‘zi mustaqil harakat qila olmasligiga amin edi. Oila umidsizlikka tushmadi va o‘g‘lini Avstraliyadagi miyani radikal o‘rganish markaziga olib ketdi.

Этот мальчик родился практически без мозга. Как складывается его жизнь и как он выглядит в свои 9 лет

Shifokorlar qilgan bashoratlar amalga oshmadi. So‘nggi 8 yil davomida Noy tengdoshlari kabi oddiy bolaga aylandi. U faol, quvnoq, yaxshi o‘qiydigan va har xil narsaga qiziquvchan bola bo‘lib o‘sdi. Rivojlanishining biroz kechikishiga qaramay, Noy to‘laqonli hayot kechira boshladi.

Этот мальчик родился практически без мозга. Как складывается его жизнь и как он выглядит в свои 9 лет

Uning sog‘ligi yildan-yilga yaxshilanib bordi, hayotining birinchi yillaridagi ahvoli va shifokorlarning oldindan kasallik yaxshilik bilan tugamasligini aytganini hisobga olsak, bu juda yaxshi ko‘rsatkichdir. Noy ota-onasi bilan “Xayrli tong, Britaniya!” dasturidagi ishtirokidan so‘ng, u butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Mutaxassislar voqealarning bunday rivojlanishidan hayratda qolishdi.
O‘tgan yillar davomida shifokorlar bola ahvoli nazorat ostida bo‘lgan bir qator tadqiqotlarni o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Noyning miyasi qandaydir tushunarsiz tarzda to‘laqonli, ya’ni 80 foizga oshgan. Mutaxassislar bola o‘z miyasini qanday “o‘stirishga” muvaffaq bo‘lganini hali ham bilmay turibdi. Tibbiyot amaliyotida bunday holatlar hech qachon sodir bo‘lmagan va Noy dunyodagi birinchi bunday bolakaydir.

Этот мальчик родился практически без мозга. Как складывается его жизнь и как он выглядит в свои 9 лет

“Biz masalaga jiddiy mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lib, ijobiy fikrlashga harakat qildik. Biz Noyga tug‘ilish imkoniyatini berdik, nima bo‘lgan taqdirda ham biz o‘z farzandimizdan voz kechmagan bo‘lardik”, deydi Noyning ota-onasi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.