MRBning sobiq boshlig‘i AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi

«AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib ketilishi natijasida qonli fuqarolar urushi boshlanishi mumkin. Vaholanki, agar Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlar kontingentini mamlakatda qoldirishga qaror qilganda, buning oldini olish mumkin bo‘lar edi», dedi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari, Afg‘onistondagi xalqaro kontingent qo‘mondoni, general Devid Petreus.

"Eng yomoni, biz 1990 yillarda «Tolibon» g‘alaba qozongani kabi qonli va shafqatsiz fuqarolar urushini ko‘rishimiz mumkin. Agar shunday bo‘lsa, ehtimol "Al-Qoida" istehkomining qaytishini kuzatish mumkin bo‘ladi. Ammo yaqin kelajakda u vatani va Yevropaga tahdid sola oladi, deb o‘ylamayman. Shu bilan birga "Al-Qoida"ga nazoratni «Tolibon» qo‘lga olgani ma’qul", dedi Petreus Britaniyaning Times gazetasiga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar o‘zi kurashgan qadriyatlardan voz kechmoqda.

"Barcha ko‘radi, biz demokratiya va butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilinayotgan qadriyatlarimiz - inson huquqlari, ayniqsa ayollar huquqi, ta’lim olish huquqi, so‘z va matbuot erkinligini qo‘llab-quvvatlamaymiz. Bular barchasi Afg‘onistonda mukammal darajada emas, lekin «Tolibon» o‘rnatmoqchi bo‘lgan o‘rta asrlardagi islomiy rejimdan ko‘ra yaxshiroq", dedi Petreus.

Agar «Tolibon» Afg‘onistonda ustunlikka ega bo‘lsa, deya qo‘shimcha qildi u, millionlab "qochoqlar" Pokiston va boshqa mamlakatlarga yo‘l oladi. Bundan tashqari, mahalliy aholi, ayniqsa, ayollar erkinligi cheklanadi.

"Agar biz qolishda qat’iyat va iroda ko‘rsatganimizda, "tolibon"lar bilan muzokaralarda ancha kuchli pozitsiyaga ega bo‘lar edik. Ammo dushmanga biz chiqib ketamiz, desak, nega ular nimadandir voz kechishi kerak? Menga nima uchun biz hech kimning manfaatlariga javob berolmaydigan «Tolibon»ning o‘ta konservativ islomiy teoktratiyasini qaytarishga to‘sqinlik qilish uchun 3500 askarni qoldirish haqida o‘ylab ko‘rmaganimiz tushunarsiz», deya qo‘shimcha qildi u.

Qo‘shma Shtatlarning ushbu harbiylari yordamida fuqarolar urushining oldini olish mumkin edi. Afsuski, hozirgi vaziyatda "urush davom etadi va ahvol bunda-da yomonlashadi", dedi general.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va qishloqlarda muhim hududlarni egallab olgan, yirik shaharlarga hujum boshlagan «Tolibon» harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik tobora avjiga chiqmoqda. Mamlakatdan AQSh ma’muriyati qo‘shinlarini 11 sentyabrgacha olib chiqishni tugatish haqidagi va’dalari fonida Afg‘onistonda beqarorlik kuchaymoqda.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.