Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 9-IDUMga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
- 12.01.2021 13:48
- 1665
- Ta’lim

Bugun Samarqand shahar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu maktab matematika faniga ixtisoslashgan bo‘lib, 5-sinfdan iqtidorli o‘quvchilarni qabul qiladi. Test sinovlari Davlat test markazi (DTM) xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi 8-IDUMda ikki navbatda olinmoqda. Savollar DTM tomonidan tuzilgan bo‘lib, jami 30 ta - 20 ta matematika va 10 ta ona tili fanidan iborat.
Maktabga 130 nafar talabgor-o‘quvchi ariza bergan. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarning 60 nafari maktabga qabul qilinadi.
Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa