Muhammad Yusufning oila a’zolari saxovatli insonlardan yordam so‘raydi: Bolaga jigar ko‘chirib o‘tkazilishi lozim

2013 yil 20 iyunda tug‘ilgan Muhammad Yusuf ismli bola yordamga muhtoj, ya’ni opasidan jigar ko‘chirib o‘tkazilishi lozim.

Diagnozi glyukogenoz-fibroz, ya’ni jigarni kattalashuvi va asta-sekin qotishi. Bu kassallik borib-borib jigar sirroziga aylanadi. Bu esa, aksariyat hollarda o‘lim bilan yakun topadi.

Hozirda Muhammad Yusufni qorinni kattalashuvi, ovqat xazm qilish buzilishi, tez-tez burun qonashi, qayd qilish, sudorgi burish bilan xastalangan. Jigardagi ALT, AST, Bilirubin ko‘rsatgichi me’yordan 10-12 barobar yuqori yuradi. Bu degani qonda zaharni ko‘payishi va jigar o‘z faoliyatini bajara olmasligi demakdir. Shuning uchun, har uch oyda va jigar yuvish uchun qoni tozalanadi. Ya’ni bir yilda to‘rt marotaba Respublika Ixtisoslashgan Pediateriya Ilmiy Amaliy Markazida davolanadi. 

Akademik V.I.Shumakov nomidagi Rossiya Federal Tibbiyot Instituti “Transplantologiya va sun’iy a’zolar tibbiy tadqiqot milliy markazi”da jigar ko‘chirib o‘tkazish uchun mablag‘ yig‘ilishi lozim. Bu operatsiya, ushbu klinikada operatsiya xarajatlari 2 950 000 rubl, bu 48 000 AQSh dollariga teng.

Hurmatli saxovatpesha yurtdoshlar, Muhammad Yusufni saqlab qolish uchun, imkoningiz boricha moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilamiz. Alloh Sizni qo‘llasin!

Hurmat bilan, Muhammad Yusufning oila a’zolari.

Plastik raqamlar:

8600030476116342 SO‘M;

4790910001671029 USD;

5336690143840207 RUB