Mumiyo qanday paydo bo‘lgan?

Biz qadimgi Misr mumiyolari haqida eshitganmiz, lekin uning qanday paydo bo‘lgani hozirgacha sir edi. Olimlarning aniqlashicha, qadimgi odamlar jasadining bizgacha buzilmay yetib kelishi borasida tabiatning o‘zi qayg‘urgan ekan. Ularni botqoqlik odamlari, deyish to‘g‘riroq. Bu odamlarning mumiyolangan qoldiqlari Shimoliy Yevropa: Angliya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya va Shvetsiya torfli botqoqliklarida minglab topildi.

Gap shundaki, torf botqoqliklarida jasadlar buzilmasdan, o‘zoq vaqt saqlanar ekan. Ya’ni, torf botqog‘i mumiyo vazifasini o‘taydi. Zamonaviy radio uglerod tahlili yordamida ular o‘rganilganda taxminan 2000-2500 yil avval yashagani aniqlandi. Yana bir yaxshi saqlangan yevropalik ayol jasadi tekshirib ko‘rilganda undan ham ko‘p – eramizgacha 800 yil avval yashagani ma’lum bo‘ldi.

Bu odamlarning botqoqlikdan mangu qo‘nim topishiga nima sabab bo‘lgan? Tanasida hech qanday tashqi ta’sir izlari yo‘q bu insonlar cho‘kib o‘lgan, deb hisoblaydi olimlar. Yana boshqalari esa Xudoga qurbon qilingan yoki jinoyat qilgani uchun jazo sifatida botqoqqa uloqtirilgan bo‘lishi mumkin. Chunki botqoqlikdagi jasadlar orasida bug‘ilgani yoki bug‘izlangani ko‘p uchraydi.

T.ShOMURODOV tayyorladi.